Rossiyada prezident saylovlari oldidan sukut kuni kuchga kirdi  

Jahon 07:43 / 17.03.2018 12280

17 martda Rossiyada 18 martda o‘tadigan prezident saylovlari oldidan butun mamlakat bo‘ylab sukut kuni kuchga kirdi.

Bu kun istalgan saylovoldi tashviqoti va siyosiy reklama taqiqlanadi, saylovchilar esa “sukut”da o‘z tanlovlari borasida o‘ylab ko‘rib, 18 martda kimga ovoz berishlarini hal qilishlari kerak bo‘ladi.

Qonunga ko‘ra tashviqotga taqiqlov saylovdan bir kun avval kuchga kiradi. Bunday qoida dunyoning ko‘plab davlatlarida saylovchilarga osoyishta vaziyatda o‘z tanlovlarini qilishlari uchun beriladi.

Tashviqot taqiqlanadigan kungacha nomzodlar saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tadbirlari va aksiyalari o‘tkazadigan, tashviqot plakatlarini ilishadigan 3 oylik davr amal qildi.

Bu davrning oxirgi 28 kuni saylovoldi kampaniyasining eng faol bosqichi bo‘lib, Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlar televideniye, radio, davriy nashrlar va internet orqali maksimal keng auditoriyaga o‘z takliflarini bildirgan holda murojaat qila oladilar. 

Ko‘proq yangiliklar: