18-19 mart kunlari Respublika Qur'on musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 17:37 / 17.03.2018 8740

O‘zbekistonda o‘tayotgan Respublika Qur'on musobaqasi eng qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatning barcha viloyatlarida musobaqaning ikkinchi, viloyat bosqichi o‘tkazilib, qiroat mohirlari aniqlanmoqda. Poytaxtda ham tumanlarida eng yaxshi deb topilgan hofizi Qur'onlar musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etishadi. G‘oliblar esa Respublika bosqichida qatnashadi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 18-19 mart kunlari poytaxtning “Navro‘z” tantanalar saroyida O‘zbekiston Qur'on musobaqasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa 18 mart kuni, soat 9-00 da o‘tkaziladigan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida musobaqa 19 mart, soat  9-00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
 
Musobaqaga kirish bepul bo‘lib, taklifnoma yoki hujjat talab qilinmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: