Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston 12:10 / 17.03.2018 34939

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir hududga tashrifi chog‘ida o‘sha joydagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi. Samarqandga har safar kelganida Imom Buxoriy majmuasiga boradi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident bu gal ham viloyatga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
 
Ma'lumki, prezident tashabbusi bilan ushbu maqbara yaqinida Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazi bunyod etilmoqda. 4 gektardan ziyod maydonda qurilayotgan markaz joriy yil sentabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqandga kelgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: