Poroshenko Rossiyaga to‘qqiz gramm qo‘rg‘oshin haqida eslatdi

Jahon 09:11 / 17.03.2018 33426

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakatga hujum amalga oshiriladigan bo‘lsa, tegishli javob qaytarishga tayyor. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar qilmoqda.

«Bizni bir necha o‘n yillar davomida tinchliksevar Rossiya haqida aldab kelishdi hamda buni bitta maqsad bilan – biz sizlar bilan Rossiya hujumiga tayyor bo‘lmasligimiz uchun qilishdi. Biroq men shuni ma'lum qilaman: bunday xatoga endi yo‘l qo‘yilmaydi – Rossiya biz javob qaytarishga tayyorligimiz hamda bizga qilich bilan keladigan har bir kishiga to‘qqiz gramm qo‘rg‘oshin saqlab qo‘yilganini yaxshi bilib qo‘yishi kerak», - deya aytib o‘tdi Poroshenko.

Poroshenko Kramatorskdagi chiqishi davomida shunday bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Donbassdagi tinchlikparvarlar bo‘yicha yangi bayonot bilan chiqqandi. 

Ko‘proq yangiliklar: