Qashqadaryoda niqob kiygan bosqinchilar qo‘lga olindi

Jamiyat 17:54 / 17.03.2018 16963

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 2018 yil 13 martda uch nafar noma'lum shaxs yuziga niqob, qo‘liga qo‘lqop kiygan holda Chuvilloq qishlog‘ida yashovchi, D.K.ning uyiga bostirib kirib, uning qo‘llarini skotch bilan bog‘lab o‘ldirish bilan qo‘rqitib, temir seyfidan 500 AQSh dollari va 7 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini olib voqea joyidan yashiringan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.    

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Chuvilloq qishlog‘ida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.A., Xo‘jaobod qishlog‘ida yashovchilar, 1993 yilda tug‘ilgan X.H. va 1995 yilda tug‘ilgan N.U. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olinganlar.

Ko‘proq yangiliklar: