Filippin harbiy-dengiz kuchlari o‘z tarkibidan PS-11 Rajah Humabon fregatini chiqardi, deb xabar bermoqda Philippine News Agency nashri.
Jangovar kema flotni modernizatsiya qilish rejasiga muvofiq foydalanishdan chiqarilgan. Filippin mudofaa vazirining aytishicha, fregatning kelgusi qo‘llanishi iqtisodiy nosamarali bo‘lardi.
PS-11 Rajah Humabon Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi amalda bo‘lgan eng oxirgi mina tashuvchi bo‘lgan. Fregat AQShda 1943 yilda qurilib, AQSh floti tarkibida 1945 yilgacha bo‘lgan. 1955 yilda kema Yaponiya dengiz kuchlariga 20 yilga berilgan. 1976 yilda kema Filippinga harbiy yordam sifatida berilgan, keyinroq esa Manila uni AQSh harbiy-dengiz kuchlaridan sotib olgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, kema Filippinning Kavitdagi harbiy-havo kuchlari muzeyiga topshiriladi.