Xitoyga qarshi. Tramp Tayvan bo‘yicha yangi qonunni imzoladi

Jahon 08:31 / 17.03.2018 12355

AQSh prezidenti Donald Tramp Tayvan bilan rasmiy delegatsiyalar almashinuviga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Shuningdek, qonunda Tayvan bilan munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan chaqiriq ham bor.

XXR fikricha, AQSh rasmiy ravishda rad etmayotgan «yagona Xitoy» siyosatiga zid bo‘lgan ushbu qonun mintaqadagi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekin "yagona Xitoy" siyosatini izchil davom ettirishi hamda Tayvanning mustaqillikka erishishiga yo‘l qo‘ymasligi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: