Xitoy Tramp imzolagan yangi qonundan qattiq darg‘azab

Jahon 13:14 / 17.03.2018 25308

Xitoy hukumati Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan hamda AQSh va Tayvan o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan qonunning qabul qilinishiga keskin protest bildirdi. Bu haqda Xitoyning AQShdagi elchixonasi saytida xabar qilinadi.

«Tayvanga safarlar qilish to‘g‘risidagi qonun» bandlari «yagona Xitoy» prinsipini jiddiy buzadi, Xitoy tomoni shu munosabat bilan jiddiy norozilik va qat'iy protest bildiradi», - deya xabar qilinadi diplomatik missiya bayonotida.

Xabarda ta'kidlanishicha, «yagona Xitoy» siyosati (unga ko‘ra Tayvan mamlakatning muxtor mintaqasi sifatida ko‘rilmaydi – tah.) XXR va AQSh o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar asosi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Tayvan bo‘yicha yangi qonunni imzolagani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: