Gretsiya sohillari yaqinida 16 muhojir halok bo‘ldi

Jahon 22:21 / 17.03.2018 3757

Turkiyadan 16 muhojir Gretsiyagacha qayiqda suzib o‘tishga urinish vaqtida halok bo‘ldilar. Bu haqda politsiya ma'lmotlariga iqtibos keltirgan holda mahalliy OAV ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida 6 bola ham bo‘lgan.

Qayiqda hammasi bo‘lib 20 ga yaqin odam bo‘lgan. Qayiq Egey dengizida, Gretsiyaga qarashli Agatonision oroli yaqinida to‘nkarilib ketgan. Ikki ayol va bir erkak sohilgacha suzib borishga va politsiyaga murojaat qilishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: