Filippinda samolyot uy ustiga tushishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Jahon 21:03 / 17.03.2018 8801

Filippinda yengil motorli samolyotning uy ustiga tushishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 17 martda ABC News ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, samolyot bortida 5 kishi bo‘lgan va ularning barchasi halok bo‘lgan. Shuningdek, falokat yerdagi 5 kishining hayotiga ham zomin bo‘lgan.

Qutqaruv xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotning qulashi uyda yong‘in keltirib chiqargan. Yong‘in oqibatida yana 2 kishi jabrlangan. Voqea sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.  

Guvohlarning aytishicha, samolyot uy ustiga qulashidan oldin daraxt va elektr ustuniga urilgan.

Ko‘proq yangiliklar: