FIFA Iroq hududida rasmiy o‘yinlarni o‘tkazishga ruxsat berdi

Sport 11:38 / 17.03.2018 5899

FIFA Iroq hududida rasmiy futbol o‘yinlarini o‘tkazishga ruxsat berdi, deb xabar beradi tashkilot rahbari Janni Infantino.

«Biz Basra, Karbalo va Erbil shaharlarida xalqaro o‘yinlarni o‘tkazishga ruxsat beramiz. Bag‘dod bo‘yicha esa bir qarorga kelmadik, ammo, muammo o‘rganib chiqilmoqda» - deb Infantino so‘zlarini keltirmoqda AFP.

21 mart kuni Basra shahrida Iroq, Qatar va Suriya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik turniri o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Infantino so‘zlariga ko‘ra, FIFA bunga ruxsat bergan, ammo tashkilotchilar o‘yinlarni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqida o‘zlari bir qarorga kelishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: