Farg‘onada ayanchli YTH, ona-bola halok bo‘ldi

Jamiyat 14:33 / 17.03.2018 23630

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
 
Qayd etilishicha, 15 mart kuni soat 20.00larda Ravnaq ko‘chasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Q.S. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Qoraqushchi MFY hududida haydab ketayotib piyodalar, 1981 yilda tug‘ilgan M.O‘. va uning 2001 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini urib yuborgan.

Natijada M.O‘. va uning o‘g‘li kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: