Dunyodagi eng qimmatbaho shokolad konfeti taqdim qilindi

Jahon 08:53 / 17.03.2018 17731

Portugaliyaning Obidush shahrida o‘tayotgan shokolad yarmarkasida dunyodagi eng qimmat konfet taqdim qilindi. Ma'lum qilinishicha bu konfetning narxi 7728 yevroni (9489 dollar) tashkil qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Portugaliyalik shokolad ustasi Daniel Gomeshning aytishicha, u tomonidan tayyorlangan romb shaklidagi konfet Ginness rekordlar kitobi vakillari tomonidan dunyodagi eng qimmat konfet sifatida qayd qilingan.

Foto: Reuters

Ustaning ta'kidlashicha, konfetning narxi uni ishlab chiqarishda qo‘llangan mahsulotlarning narxi sababli balanddir. Konfetning nachinkasi shafran tolalari, oq tryufel bo‘laklari, Madagaskar vanili va oltin parchalaridan iborat, usti esa iste'mol qilsa bo‘ladigan 23 karatli oltin bilan qoplangan. Har bir konfet qutisi 5500 dona Svarovski toshlari bilan bezalgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Konfetdan cheklangan miqdorda – 1000 dona ishlab chiqarilgan. Yarmarkada taqdim qilingan konfet namunasi 2 nafar qo‘riqchi tomonidan qo‘riqlangan. 

Avvalgi rekord daniyalik shokolad ustasi Frits Knipshildtga tegishli bo‘lib, uning La Madeline au Truffe nomli konfetining bir donasi 250 dollar turgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: