Chempionlar Ligasi chorakfinal juftliklari to‘g‘risida 12ta fakt

Sport 13:15 / 17.03.2018 42811

Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumi chorakfinali qur'asi o‘tkazildi.

Rossiyaning «Chempionat» nashri uning natijalariga ko‘ra yuzaga kelgan juftliklar bilan bog‘liq faktlarni taqdim qildi.

«Barselona» (Ispaniya) — «Roma» (Italiya)

Foto: Getty Images

Fakt №1. «Barselona» joriy yevrokubok mavsumida atigi 2ta gol o‘tkazib yubordi – «Olimpiakos» va «Chelsi»dan. Boshqa hech bir jamoa undan kam gol o‘tkazib yubormagan. Bunaqa statistikaga ega klub biror marta mag‘lubiyatga uchramaganini qayd qilish shart bo‘lmasa kerak.

Fakt №2. «Roma» klubi o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, barchani hayron qoldirdi. Vaholanki, guruhda «Atletiko» va «Chelsi» ham bor edi. Yakuniy natijaga ko‘ra, madridliklar Yevropa Ligasiga o‘tib ketishdi, «Chelsi» nimchorakfinalda musobaqani tark etdi. «Roma» esa hamon Yevropaning asosiy turnirida ishtirok etmoqda.

Fakt №3. Bu jamoalarning qarama-qarshiligi tarixida hozircha tenglik yuzaga kelgan. Jami 4 marta bir-biriga duch kelgan klublar 1 martadan g‘alaba qozonishgan, 2ta o‘yin durang natija bilan tugagan. Demak, keyingi bahslar muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin.

«Sevilya» (Ispaniya) — «Bavariya» (Germaniya)

Fakt №1. Visam Ben-Yyedderning «Manchester Yunayted»ga qarshi fantastik o‘yini natijasida, «Sevilya» so‘nggi 60 yilda ilk marotaba Chempionlar Ligasi chorakfinaliga chiqdi. So‘nggi marta bu 1958 yilda yuz bergan, o‘shanda andalusiyaliklar «Real»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:10 hisobida yutqazishgan edi.

Fakt №2. «Bavariya» yevrokuboklarning joriy mavsumida 8ta o‘yindan 7tasida zafar quchdi. Faqat «PSJ» klubiga 0:3 hisobida yutqazdi xolos. Emeri shogirdlari «Real»ga qarshi bahslardan so‘ng, musobaqani tark etishdi. «Bavariya» esa sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Fakt №3. «Sevilya» va «Bavariya» o‘z tarixida ilk marotaba bir-biriga ro‘baro‘ kelmoqda. Ko‘z oldimizda ular tarixiy qarama-qarshilikni boshlab berishadi.

«Yuventus» (Italiya) — «Real» (Ispaniya)

Foto: Getty Images

Fakt №1. Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar – Krishtianu Ronaldu bu yil yana bir rekordni o‘rnatdi. Futbolchi guruh bosqichining har bir o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda, Ronaldu joriy mavsumda ham turnir to‘purari bo‘lib turibdi va chorakfinalda ham raqib darvozasini ishg‘ol etishi mumkin.

Fakt №2. «Yuventus» afsonaviy darvozaboni Janluiji Buffon Chempionlar Ligasida 14-mavsumini o‘tkazmoqda, ammo hali bu musobaqada zafar quchmagan. Bugungi kunda Buffon 40 yoshga kirdi, o‘tgan mavsumda esa Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Katta ehtimol bilan, bu futbolchiga Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Fakt №3. Jamoalar o‘zaro 20 marta to‘qnash kelgan, ularning har birida darvozalar ishg‘ol qilingan. O‘yinlarda jami 47ta gol urilgan, o‘rtacha hisobda, har bir bahsda 2tadan ko‘p. Bu safargi bellashuvlar ham gollarga boy o‘tishi mumkin. Faqat qaysi darvozaga ekani mavhumligicha qolyapti.

«Liverpul» (Angliya) — «Manchester Siti» (Angliya)

Foto: Getty Images

Fakt №1. «Liverpul» tarkibida Chempionlar Ligasi joriy mavsumining eng yaxshi assistenti to‘p suryapti. Ko‘pchilik hayron qolishi mumkin, ammo u - 8ta o‘yinda 6ta golli uzatmani amalga oshirgan Jyeyms Milner. Uning yaqin ta'qibchisi Dele Alli musobaqani tark etdi, demak, Jyeyms 1-raqamli bo‘lib qolish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Fakt №2. Nihoyat «Manchester Siti» ham Chempionlar Ligasi favoritlari qatoriga kirdi. Baquvvat jamoani shakllantirish uchun qilingan ko‘pyillik urinishlar va katta moliyaviy xarajatlardan so‘ng, «Siti» musobaqada g‘olib chiqish uchun asosiy da'vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Endi APL yetakchisi bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasa bo‘ldi.


Fakt №3. Jamoalarning qarama-qarshiligi tarixi juda boy, ammo Chempionlar Ligasida ular hali to‘qnash kelmagan. Boshqa musobaqalarni hisobga oladigan bo‘lsak, tashabbus «Liverpul» tomonida. «Qizillar» 87 marta g‘alaba qozongan, «shaharliklar» esa 45 marta. Ammo, tan olish kerak, «Siti» so‘nggi yillarda juda o‘zgardi va avvalgiga qaraganda umuman boshqa jamoaga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: