1 apreldan tabiiy gaz narxi oshadi

O‘zbekiston 12:06 / 17.03.2018 46021

1 apreldan ulgurji iste'molchilar uchun yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 1000 kub metr uchun 289 740 so‘m bo‘ladi. Bu haqda KUN.UZ’ga UZTRANSGAZ xabar berdi.

Tariflar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgan. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan edi.

Shu bilan birga, gaz hisoblagichlari bo‘lganda aholiga yetkazib beriluvchi gaz - 10m3 uchun 2 897,40 so‘m bo‘ladi.

Gaz hisoblagichlari bo‘lmaganda aholiga yetkazib beriluvchi gaz:

Taom tayyorlash va issiq suv ta'minoti - 10m3 uchun 5 010,60 so‘m;

Isitishga - 10m3 uchun 2 323,70 so‘m bo‘ladi. 

Bundan tashqari, markaziy isitish ta'minoti tizimiga ega uylarga maishiy gaz plitasi uchun yetkazib beriluvchi tabiiy gaz narxi har bir istiqomat qiluvchidan 11,0 m3 uchun oyiga 5 511,65 so‘m bo‘ladi. Markaziy isitish ta'minoti tizimiga ega bo‘lmagan uylarda maishiy gaz plitasi uchun gazli suv isitgich bo‘lmasa - 15,0 m3 uchun  7 515,90 so‘m.

Markaziy issiq suv ta'minoti tizimiga ega bo‘lmagan yoki issiq suv ta'minoti vaqti-vaqti bilan amalda bo‘lgan uylarda gaz suv isitgich uchun - 16 m3.ga 8 016,95 so‘m.

Uylar, kvartiralarni isitish gaz uskunasi turidan qat'i nazar isitish mavsumining besh oyi davomida isitish uchun gazdan foydalanish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – isitilayotgan xonaning har 1 m3 uchun - 1 m3 uchun 6,0 m3.da -  1 394,20 so‘m;

Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda – xonaning har 1 m3 uchun 5,76 m3.ga - 1 338,45 so‘m.

Ko‘proq yangiliklar: