O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo bitimini muhokama qildi

O‘zbekiston 14:47 / 16.03.2018 5709

2018 yilning 15 mart kuni Istanbulda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining vakillari Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi shartnomalar boshqarmasi bosh direktori M.Ishkin bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, ikki tomonlama imtiyozli savdo bitimini imzolash shartlari muhokama qilinib, agar u imzolansa, har ikki davlat bir-biriga yanada qulay rejim taqdim etish, xususan, bojxona bojlarini pasaytirish va boshqa imtiyozlarni taqdim etish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Uchrashuv davomida 2018 yilning aprel oyida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan, 2018 yilning mart oyi yakunida, Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan konsultatsiyalar o‘tkazish uchun tashrif buyurishi rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: