Turkish Airlines Istanbul-Samarqand-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qatnovni amalga oshirdi

O‘zbekiston 20:41 / 16.03.2018 11679

16 mart kuni Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti Istanbul-Samarqand-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qatnovni amalga oshirdi.

Aeroportda Turkish Airlines aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi boshchiligidagi turk delegatsiyasini Samarqand shahar hokimiyati, O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi xodimlari OAV vakillari bilan birgalikda karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Foto: MAK Axborot xizmati
Foto: MAK Axborot xizmati
Foto: MAK Axborot xizmati
Foto: MAK Axborot xizmati
Foto: MAK Axborot xizmati

Tadbirda Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov, «Samarqand» xalqaro aeroporti direktori Hasan Mavlonov, Turkish Airlines aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Axmet Bashar Shenlar so‘zga chiqib, uzoq yillardan buyon ikki xalqlar o‘rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va do‘stlik munosabatlarini yuksak ekanligi hamda aynan mana shu munosabatlar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishini aytib o‘tdilar.

Foto: MAK Axborot xizmati

O‘tgan yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi davomida aytib o‘tganidek, Samarqand va Istanbul shaharlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlar ikkala mamlakat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va muntazam qatnovlar sonini oshirishga tayyorligini tasdiqlaydi. Bu, nafaqat savdo-iqtisodiy, investitsion hamda sayyohlik sohalarining yangi imkoniyatlarini ochishga, balki ikki davlatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Yaqinda davlat rahbari tomonidan Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tizimini soddalashtirish to‘g‘risidagi qabul qilingan qarori O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turk fuqarolariga keng imkoniyatlar yaratdi.

Foto: MAK Axborot xizmati

Ma'lumot uchun, 2017 yilning 30 oktabr kunidan boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam havo aloqalarini  boshlagan edi. Hozirgi kunda Samarqand shahridan haftaning dushanba va payshanba kunlari, Toshkentdan esa, har kuni Istanbulga Boeing va Airbus havo kemalarida qatnovlar amalga oshirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: