Taniqli aktyor Mett Deymon Tramp sababli Avstraliyaga ko‘chib o‘tmoqda

Jahon 22:12 / 16.03.2018 23616

Mett Deymon oilasi bilan Avstraliyaga ko‘chib o‘tmoqda. 47 yoshli aktyorning aytishicha, u  AQSh prezidenti Donald Trampning siyosatidan to‘yib ketgan. Sydney Sunday Telegraph‘ning xabar berishicha, Deymon Bayron-Beyda yaqinda "Tor: Ragnaryok" filmida birga suratga tushgan Kris Xemsvort uyi yonidan ko‘chmas mulk sotib olgan.

Shuningdek, Deymon hozirda yirik loyihalarda ishlamayapti. Aktyor rafiqasi Luchana Barroza bilan birgalikda 4 nafar farzandni voyaga yetkazmoqda.  

“Mett Gollivuddagi barcha do‘stlari va hamkasblarini Trampning siyosatidan norozi ekanligi, shuning uchun ko‘chib ketayotgaligi haqida ogohlantirgan. Uning bu qarori ishiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. U faqatgina farzandlari xavfsiz joyda ulg‘ayishlarini istashini aytgan”, deb xabar bermoqda Sydney Sunday Telegraph nashri.

Foto: Imgur

 

Ko‘proq yangiliklar: