Surxondaryoning to‘rt korxonasi Shanxaydagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston 16:25 / 16.03.2018 11294

Surxondaryo viloyatining to‘rt to‘qimachilik korxonasi 14-16 mart kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan "InterTextile Shanghai Home Textiles – Spring Edition yoki InterTextile Shanghai Home Textiles 2018" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bular: "NORTEX STYLE", "AMUDAR TEXTILE, SURXON TEKS" va "SHEROBOD TEXTILE INVEST".

 

Ushbu korxonalar eksport salohiyatini oshirish uchun ko‘rgazmada qatnashishmoqda. 

Ta'kidlash joizki, o‘tgan yilgi ko‘rgazma dunyoning 59 mamlakatidan 182 eksponat va 12 080 mehmonni jalb qilgan edi.

Foto: SURXON TEKS

Shanxayda juda ko‘p xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Shanxay xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va boshqalar soni bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinda turadi. U yerda 10 dan ziyod zamonaviy ekspomarkazlar mavjud.

Foto: SURXON TEKS
Foto: SURXON TEKS
Foto: SURXON TEKS
Foto: SURXON TEKS
Foto: SURXON TEKS
Foto: SURXON TEKS

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: