Superliga. «Metallurg» birinchi o‘ringa ko‘tarildi

Sport 20:00 / 16.03.2018 10592

Superligada 3-tur o‘yinlariga start berildi.

«Metallurg» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912» klubini qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinning 2-daqiqasida Suhrob Nurulloyev urgan gol yagonaligicha qoldi.

36-daqiqada mezbonlar ikkinchi golni urgan edi. Biroq, yon hakam Zabihullo O‘rinboyevni o‘yindan tashqari holatda qolib ketgan deb hisobladi. Vaholanki, bu vaziyatda qoida buzilmagan edi.

Bu natijada so‘ng, «Metallurg» 5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. «Qo‘qon-1912» 3 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Superliga, 3-tur 
Metallurg (Bekobod) – Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) – 1:0 (1:0)
Gol: 
Suhrob Nurulloyev (2). 
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), T. Galeyev (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), B. Yulcharayev (Guliston). Nazoratchi – I. Nexochin (Namangan). Komissar: R. Chernikov. 
Metallurg: 1. Zafar Safoyev, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suhrob Nurulloyev (17. Javohir Sohibov 75), 8. Shahzod Shaymanov, 9. Zabixullo O‘rinboyev, 10. Islom Isoqjonov, 16. Jasur Hasanov, 55. Akbar Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev, 88. Abror Husinov (20. Dilyor Ermatov 65), 90. Zafar To‘rayev (91. Pavel Smolyachenko 85).
 «Qo‘qon-1912»: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (s), 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (18. Bahodir Pardayev 71), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Holmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov (7. Jamshid Hasanov 86), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (95. Milan Spremo 46).

Ko‘proq yangiliklar: