Xorijiy investorlarga chiqindilarni qayta ishlovchi korxona yaratishda imtiyozlar berilishi mumkin

O‘zbekiston 19:45 / 16.03.2018 8978

O‘zbekistonda xorijiy investorlarga chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar yaratish uchun imtiyozlar taqdim qilinishi mumkin.

O‘zbekistonning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini chop etdi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, xorijiy investorlarga chiqindilarni qayta ishlovchi yuqori texnologik korxonalarni rivojlantirish uchun farmonda ko‘zda tutilgan imtiyozlar taqdim qilinishi taklif qilinmoqda.

Jumladan, xorijiy investorlar yuridik shaxslar daromadlaridan, mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga soliqlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod etiladilar.
 
Imtiyozlar xususiy xorijiy investitsiyalar 300 ming dollardan 3 mln dollargacha bo‘lganda 3 yilga, 3 mln dollardan 10 mln dollargacha bo‘lganda 5 yilga va 10 mln dollardan ko‘proq bo‘lganda 7 yilga beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: