Farg‘onada mudhish qotillik: o‘g‘il o‘z otasini pichoqladi

Jamiyat 15:23 / 16.03.2018 21994

Farg‘ona shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat 22.10larda Yurtparvar ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.M. Motrudiy ko‘chasida joylashgan “Mirzadavlat” nomli oziq-ovqat savdo do‘koni yerto‘lasida o‘zaro janjal oqibatida 1968 yilda tug‘ilgan otasi Q.O.ga pichoq urgan. 

Natijada Q.O. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.M. qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: