Yevropa ligasi qur'asi: «Arsenal» Moskvaga keladi

Sport 17:30 / 16.03.2018 11674

UYeFA shtab-kvartirasi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa ligasining 1/4 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Unga ko‘ra, quyidagi juftliklar hosil bo‘ldi:

«RB Leyptsig» (Germaniya) – «Marsel» (Fransiya)
«Arsenal» (Angliya) – TsSKA (Rossiya)
«Atletiko» (Ispaniya) – «Sporting» (Portugaliya)
«Latsio» (Italiya) – «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya)

Yevropa ligasining 1/4 final dastlabki uchrashuvlari 5 aprel kuni bo‘lib o‘tsa, javob uchrashuvlari 12 aprelga mo‘ljallangan.

Final uchrashuvi esa 16 may kuni Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: