Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor

Sport 20:30 / 16.03.2018 4870

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2026 yilgi Qishki olimpiada o‘yinlariga ariza topshirish rejasi haqida gapirdi. TASS xabariga ko‘ra, U Turkiya Erzurum shahrida ushbu xalqaro turnirni o‘tkaza olishi mumkinligini aytgan.

«Erzurumda ajoyib sport infratuzilmasi bor. Biz 2026 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkaza olamiz», — degan Erdo‘g‘an «Xabar turk» telekanali efirida.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2026 yilgi olimpiada mezbonini Milanda 2019 yil iyulida o‘tkaziladigan yig‘ilish vaqtida aniqlaydi. Qayd etilishicha, turnir mezbonligi uchun Kanada va Yaponiya ham da'vogar hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: