AQShda taniqli seriyali qotil qatl etildi
AQShning Jorjiya shtatida «paypoq bilan bo‘g‘uvchi» nomi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan seriyali qotil Karlton Geri qatl etildi. Bu haqda WRBL telekanali xabar bermoqda.

Hukm o‘limga olib keluvchi inʼeksiya yordamida ijro qilinadi.
Geri 1986 yilda keksa yoshli ayollarni zo‘rlagani va o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgandi.
Ta'kidlanishicha, u eng so‘nggi kechki ovqatdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida umrbod ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik «seriyali» qotil Charlz Menson AQShdagi qamoqxonalardan birida 83 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi.
Mavzuga oid

18:09
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26
AQSh ma’muriyati migrantlarni «o‘z-o‘zini deportatsiya qiluvchi» ilovani ishga tushirdi

17:23
AQShda 40 yil oldin qamoqdan qochgan jinoyatchi ushlandi

15:39