Toshkent viloyatida ikki yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 23:55 / 15.03.2018 12244

14 mart kuni soat 13:42da Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, O‘rtasaroy mahallasida joylashgan «To‘ytepa Sarhil meva» fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponida yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in natijasida shiyponning 60m2 maydonida tomi, shifti, va jihozlari yongan. Shiyponning 60m2 maydoni saqlab qolingan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YoXB matbuot xizmati xabar bergan.

15 mart kuni soat 03:11da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Ko‘ksaroy mahallasida Bog‘ ko‘chasi 10-uyda yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in natijasida uyning 70m2 maydonda tomi, shifti, va jihozlari yongan. Uyning 60m2 maydoni saqlab qolingan.

Oxirgi vaqtlarda gazlashtirilgan avtomobillarda yong‘in va portlash holatlari sodir bo‘layotganligi kuzatilmoqda. Ushbu salbiy holatlarning oldini olish maqsadida 2018 yil 15 mart kuni Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan AGQSh (avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari)da profilaktik tadbirlar uyushtirilib, tadbir davomida AGQSh ishchi-xizmatchilariga avtomobillarga gaz quyish vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Ko‘proq yangiliklar: