Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarni aprel oyida o‘tkazishadi

Sport 21:10 / 15.03.2018 13670

Rio—2016 Olimpiadasi sovrindorlari Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi janglarini aprel oyida o‘tkazishadi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ular 21 aprel kuni «The Real Deal Boxing» va «Mir boksa» kompaniyalari tomonidan tashkillashtirilgan boks kechasida, Nyu-Yorkdagi «Kings Theater» arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqishadi.

Hozircha o‘zbekistonlik bokschilarning raqiblari nomlari ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi debyutini o‘tkazishgan va ularning ikkisi ham tezkor nokaut bilan g‘alaba qozonishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: