Samarqanddagi «So‘g‘diyona» istirohat bog‘ida buzish ishlari olib borilmoqda

Jamiyat 23:20 / 13.03.2018 13344

Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” istrohat bog‘idagi ko‘p yillik chinorlar va teraklar kesib tashlanib, mavjud bino va inshootlar buzib tashlanmoqda.

Istirohat bog‘i hududidagi futzal sport saroyi, unga kiraverishdagi sun'iy qoplamali futbol maydonchasi ham buzib tashlangan.

Kun.uzga yetkazilgan ma'lumotlarga ko‘ra, qarovsizligi sababli tashrif buyuruvchilar soni yildan yilga kamayib borgan istirohat bog‘i o‘rniga muz sport majmuasi qad ko‘taradi. Kelgusida ushbu majmuada figurali uchish, konkida uchish va xokkey kabi sport turlari rivojlantirilishi nazarda tutilgan.

Samarqandda ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘i, shuningdek, Temiryo‘l vokzali yaqinida “Yoshlik” istirohat bog‘i hordiq chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Universitet xiyoboni, SamAvto zavodi oldida hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xiyobonida sayr etuvchilar uchun yashil zonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

O‘z muxbirimiz.

Ko‘proq yangiliklar: