«Nasaf» 4ta gol o‘tkazib yutqazdi (Video)

Sport 22:50 / 13.03.2018 19757

Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Nasaf» Qatarga sayohat qilib, «As-Sadd» bilan bellashdi. O‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Guruhning yana bir o‘yinida «Persepolis» safarda «Al-Vasl»ni kichik hisobda yengdi. Natijada, «S» guruhida «As-Sadd» va «Persepolis» 9 ochko jamg‘arib, 1 va 2-o‘rinda bormoqda. «Nasaf» hisobida 6 ochko bor.

OChL-2018, S guruhi, 4-tur
As-Sadd (Qatar) – Nasaf (O‘zbekiston) - 4:0 
Gollar: Xavi (3), Abdulkarim Hasan (15),  Bag‘dod Bunedja (43), Jugurta Hamrun (70)

Bosh hakam: Axmad Al Kaff (Ummon). Qanot hakamlari: Abubakr Alamri (Ummon),  Rashid Al Gayti (Ummon). To‘rtinchi hakam: Qosim Al Xatmi (Ummon). Nazoratchi: Viktor Kolpakov (Qirg‘iziston). Komissar: Abdulg‘affor Abdulxamad (Maldiv orollari)

As-Sadd: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag‘dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).  
Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliyev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (20.Islom Kenjaboyev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Jasur Hasanov 45.

Al-Vasl (BAA) - Persepolis (Eron) - 0:1
Gol:
 Kamyabiniya (37)

Ko‘proq yangiliklar: