Instagram irqchilikdagi ayblov tufayli gif-animatsiyadan voz kechdi

Fan-texnika 14:29 / 13.03.2018 3464

Instagram va Snapchat Giphy gif-animatsiya servisi bilan integratsiyadan voz kechish haqida qaror qabul qildi. Bu irqchilik bilan bog‘liq mojaro tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda The Verge.

«Arxiv» rejimida animatsiyalangan stikerlarni qo‘shish funksiyasi Instagram va Snapchat’da joriy yil boshida paydo bo‘ldi. Lyauna Augmon nikneymi ostidagi foydalanuvchi skrinshotni e'lon qilgan, unda Giphy’dan irqchilik ma'nosiga ega bo‘lgan haqoratomuz stikerni ko‘rish mumkin, hamda u Instagram asoschisi Kevin Sistromga bu kontentni olib tashlash iltimosi bilan chiqdi.

Natijada Instagram va Snapchat Giphy bilan kollaboratsiyani ichki tekshiruv yakuniga yetguniga qadar to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi.

Ko‘proq yangiliklar: