Amerikalik fiziklar organik birikmalardan noodatiy magnit materialini yaratishdi, u ma'lumotni elektronlar yordamida emas, balki magnonlar – magnitli “to‘lqinlar” yordamida uzatish imkonini beradi. Bu haqda Nature Materials jurnalida e'lon qilingan maqolada aytiladi.
"Endi bizda ma'lumotni magnonlardan foydalangan holda uzatish imkoni paydo bo‘ldi. Bunday holatda magnonika elektronikaning butunlay analogi sifatida ishlaydi – ya'ni, endi bizda o‘ziga xos magnit simlar to‘plami bor, hamda agarda biz ularning asosida raqamli mantiqni yarata olsak, ular yangi turdagi kompyuterlar asosiga aylanadi", - deya ma'lum qildi Solt-Leyk-Sitidagi Yuta universitetida ishlovchi Kristof Byom.
So‘nggi o‘n yil davomida fiziklar elektronlar va atomlarning kvant xususiyatlarini faol o‘rganishmoqda hamda ularni elektron qurilmalarni yaratishga moslashtirish ustida ishlashmoqda. Oddiy mikroelektronikada ma'lumot elektr zaryadi yordamida uzatiladi. Spintronikada esa ma'lumot elektron spini – zarra aylangan yo‘nalishda beriladi.
Bunday hisoblash qurilmalarini yaratish uchun asosiy to‘siq – elektronlar spini va boshqa zaryadlangan zarralarni nazorat qilish va uzoq muddat davomida barqaror holatda ushlab turish juda qiyin.
Bu muammolarning barchasini, Byom va uning hamkasblari so‘zlariga ko‘ra, magnit signalini elektrga o‘tkazish orqali hal qilsa bo‘ladi. Bugun bunday vazifani faqat temir, kislorod va ittriy ekzotik birlashmasidan bo‘lgan plyonka (qoplama) bajarishi mumkin.
Fiziklarning so‘zlariga ko‘ra, bunday material bilan ishlash juda qiyin. Byom jamoasi kutilmaganda uni almashtira oladigan narsani topib, fizika sohasidan ancha uzoq bo‘lgan ikki ixtironi birlashtirdi.
Ulardan eng muhimi 1990-yillar boshida Joel Miller tomonidan ixtiro qilingan organik magnitli materialdir. Bu birikmalardan plyonka chiqarib, Byom va uning jamoasi shuni aniqlashdiki, ularning ichida magnit “to‘lqinlari” paydo bo‘lishi mumkin ekan. Bunday kvazizarralar fiziklar tomonidan magnonlar deb ataladi hamda ularni bir spinli mantiq qurilmadan boshqasiga ma'lumot olish o‘tishda ishlatish mumkin, bu magnitli yoki spinli kompyuterlarni yaratishda juda muhim.