Yaponiya pochtasi xatlarni yetkazish uchun haydovchisiz mashinalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi

Fan-texnika 07:33 / 12.03.2018 3355

Yaponiya pochtasi 12 martdan Tokio markazida yaqin kelajakda jo‘natma, xat va boshqa xat-xabarlarni haydovchisiz tashuvchi avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu maqsadda maxsus qayta jihozlangan Toyota Estima mikroavtobusi 16 martgacha 2 km lik masofa bo‘yicha o‘zi mastaqil harakatlanadi.

“Bu yo‘l Tokio temir yo‘l vokzali yonidagi markaziy pochtamt va Gindza markaziy dahasidagi pochta bo‘limini bog‘laydi. Haydovchisiz mashinada boshqaruvni o‘ziga olishi mumkin bo‘lgan haydovchi bo‘ladi. Bu ushbu mashinalar sinoviga qo‘yiladigan rasmiy talabdir”, deb aytgan Yaponiya pochtasi vakili.

Ushbu sinov vaqtida haqiqiy xat-xabarlar yetkazilmaydi. “Uning o‘rnini yuk egallaydi, biroq u haydovchisiz mashinaga haqiqatan joylashtirib, undan tushiriladi. Hozircha bu jarayon avtomatlashtirilmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan pochta vakili.

Ushbu sinovlardan asosiy maqsad shuki, haydovchisiz avtomobil katta shaharning tirband ko‘chalaridan xavfsiz yura olishini isbotlashi kerak. Bunday mashinalarning joriy etilishi Yaponiyada ishchi kuchi, jumladan haydovchilar yetishmasligi bilan bog‘langan. Yaponiya pochtasining haydovchisiz avtomobillari to‘liq hajmda 2020 yildan ishlay boshlashi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: