Misrda 10 nafar terrorchi eng oliy jazoga hukm qilindi

Foto: TASS
Misrda terrorchilik faoliyatida aybdor deb topilgan 10 kishiga nisbatan avval oliy jazo haqida chiqarilgan hukm tasdiqlandi. Bu haqda TASS agentligi Giza Jinoiy sudi vakiliga asosan xabar bermoqda.
Imbobo tumanida terrorchilik yacheykasini tashkil etish bo‘yicha ishga jalb etilgan yana besh kishi umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum qilindi.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar «noqonuniy tashkilotni tashkil etishgan, u binolarga hujum qilish, mamlakat birligiga tahdid uyg‘otish, xristianlar va mamlakat qurolli kuchlari vakillariga qarshi yo‘naltirilgan teraktlarni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan».
Eslatib o‘tamiz, Misrda fevral oyida terrorchilik guruhining 21 ishtirokchisi o‘lim jazosiga mahkum etilgandi.
Mavzuga oid

15:23 / 08.03.2025
AQShda 15 yil ichida birinchi marta o‘lim jazosi otuv yo‘li bilan amalga oshirildi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

17:42 / 28.02.2025