Ilon Mask o‘z tunnellari uchun futuristik elektrobusni ko‘rsatdi

Fan-texnika 12:50 / 10.03.2018 9604

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask tvitterda o‘zining boshqa kompaniyasi - The Boring Company tomonidan yaratilayotgan, shaharlar ostidagi tunnellar uchun elektrobus kontsepti tasvirlangan videoni e'lon qildi.

«O‘ylashimcha, buni soatiga 241 kilometr tezlikdagi yerosti avtomatlashtirilgan elektr avtobus, deb atasa bo‘ladi, u tunnellar va liftlar o‘rtasida avtomatik ravishda yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shu tariqa, ha, bu avtobus», - deya yozgan Mask tvitlarga javobida.

Tadbirkorning ma'lum qilishicha, The Boring Company uchun avtomobillar emas, balki piyodalar hamda velosipedchilar ustuvor masalaga aylanadi. Shuningdek Maskning bildirishicha, kompaniyasi butun shahar bo‘ylab joylashadigan ko‘plab juda kichik stansiyalarni barpo etishni rejalashtirmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: