Tokioda taqdim etilgan «Mazda» Jyenevadagi eng yaxshi prototip sifatida tan olindi

Fan-texnika 16:26 / 09.03.2018 8877

Jyeneva avtosaloni doirasida bo‘lib o‘tgan Car Design Night tadbirida Mazda Vision Coupe prototipi eng yaxshi kontsept-kar sifatida tan olindi. Yaponiya markasi prototipi 2017 yilning noyabrida, Tokidagi motorshouda debyut qilgandi.

G‘olib 18 kishidan iborat bo‘lgan hay'at tomonidan aniqlandi. Unga yirik, jahondagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar dizaynerlik bo‘limlari rahbarlari ham kiradi, biroq aynan kimlar bo‘lganiga oydinlik kiritilmadi.

Foto: Mazda 

Bu Mazda Vision Coupe qo‘lga kiritgan birinchi sovrin emas. Yanvar oyi oxirida Parijdagi avtomobil festivalida yapon markasi prototipi 2017 yilning eng chiroyli kontsept-kari deb topilgandi.

Foto: Mazda 

Mazda Vision Coupe 21 dyuymli g‘ildiraklarga ega to‘rt eshiklik kupe sanaladi. Kontsept-kar ichki dizaynida charm va yog‘och ishlatilgan, markaziy konsol ustki qismida displey bor. Mazda prototip texnikasi haqida hech qanday ma'lumot bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: