Jahon | 00:07 / 09.03.2018
3324
1 daqiqa o‘qiladi

Papua-Yangi Gvineyada navbatdagi kuchli zilzila yuz berdi

8 mart kuni Papua-Yangi Gvineyaning shimoli-sharqiy qismida 7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi.

Zilzila UTC vaqti bilan soat 17.39da qayd qilingan. Markazi Taron shahridan 43 km sharqda, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Qurbonlar va vayrongarliklar haqida ma'lumot berilmagan.

O‘tgan haftada mamlakatda 7,5 magnitudali kuchli zilzila yuz berishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘lgandi.

 

Mavzuga oid