Kislorod ishlab chiqaruvchi avtomobil shinalari namoyish etildi

Fan-texnika 14:40 / 09.03.2018 18270

Avtomobillarni anchadan beri sayyoramiz atmosferasini ifloslantiruvchi jamoatchilik transport turi deb atashadi. Shu bois elektroavtomobillarga o‘tish nafaqat iqtisodiy, balki ekologik nuqtai nazardan ham o‘zini oqlaydi. Buning uchun kislorod ishlab chiqarishga qodir shinalar ishlab chiqildi.

Yangi shinalar Oxygene nomini oldi. New Atlas nashrining yozishicha, kontseptual mahsulot maxsus tuzilmaga ega bo‘lgani bois ularning rezinasi ostiga tirik moxlarni joylashga muvaffaq bo‘lindi. Goodear vakillarining ma'lum qilishicha, bunday shinalar ichkaridagi moxlarni oziqlantirish uchun havodan karbonat angidrid va namlik yutishi mumkin. Bunga javoban mox toza kislorod ishlab chiqaradi. Goodear taxminlariga ko‘ra, Oxygene shinalari o‘rnatilgan 2.5 million avtomobilga ega avtopark bir yilda 3000 tonna kislorod ishlab chiqaradi va 4000 tonna karbonat angidrid yutadi.

Biroq bu hali hammasi emas! Yangi shinalar qabul qilayotgan energiyani avtomobil elektronikasi, xususan parktronik va ma'lumotlarni qayta ishlash bloki kabi qator sensorlarning qisman quvvatlanishi uchun sarflaydi. Shinalar proyektori qayta ishlov berilgan  shinalardan olingan rezina kukunidan ishlangan 3D-printer yordamida tayyorlanadi, Oxygene pokrishkalarining o‘zi esa boshqa avtomobillar hamda yo‘l infratuzilmasidagi "aqlli" qurilmalar bilan aloqaga kirishishda Li-Fi (Light Fidelity — ikki yo‘nalishli, yuqori tezlikdagi simsiz texnologiya) texnologiyasini qo‘llaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: