Jizzaxda mudhish YTH, haydovchilar halok bo‘ldi
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 6 mart kuni soat 20.20larda Lolazor QFY Afrosiyob ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan, tuman suv xo‘jaligi ishchisi, 1971 yilda tug‘ilgan A.X. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli avtomashinasini “Arnasoy-Zafarobod-Paxtakor” yo‘lining 11-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Arnasoy tumani Yangibo‘ston qishlog‘ida yashagan, 1982 yilda tug‘ilgan B.N. boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada “VAZ-21011” avtomashinasi haydovchisi B.N. jarohat olib voqea joyida, “VAZ-2107” avtomashinasi haydovchisi A.X. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
Mavzuga oid

00:17 / 13.03.2025
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

12:10 / 11.03.2025
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamaldi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

10:15 / 04.03.2025