Honda Yevropa uchun mo‘ljallangan yangi modelini e'lon qildi 

Fan-texnika 09:46 / 08.03.2018 10335

Yaponiyaning Honda avtomobil markasi Yevropa bozoriga ixcham elektrokar chiqarishga tayyorlanmoqda. O‘tgan yilgi Frankfurt avtosalonida kompaniya Urban EV kontseptual elektromobilini taqdim qilgandi. Endi bu prototip Jyenevaga olib kelindi. Bundan tashqari, Shveytsariyadagi motorshouda Honda’ning Yevropadagi bo‘linmasi rahbari Urban EV negizidagi elektrokar yaqin orada ommaviy ishlab chiqarilishini aytdi.

Nazvaniye

Yevropada yangi mashinaga buyurtmalar olish 2019 yilda boshlanadi. Mashina savdoga 2019 yilning ikkinchi yarmida chiqadi. Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, prototip ko‘plab ijobiy fikrlar olgan, shu sababli uning dizayni seriyali versiyasida saqlanib qolishi ehtimoli katta. Biroq mashina orqaga ochiluvchi eshiklar va salondagi katta ekrandan “mahrum etiladi”.    

Nazvaniye
Nazvaniye

Mashinaning savdoga chiqariladigan versiyasining kuch qurilmasi haqida tafsilotlar yo‘q. Biroq kompaniya Urban EV’ning texnik ko‘rsatkichlari haqida ham hech qanday ma'lumot taqdim qilmagan.

Nazvaniye
Nazvaniye

Kompaniya Jyenevada yana bir yangi model – oxirgi avloddagi CR-V krossoverining Yevropaga mo‘ljallangan versiyasini taqdim qildi. Krossover 1,5 litrli, 190 ot kuchiga ega, benzinda ishlovchi turbomotor bilan taklif qilinadi. Qo‘shimcha haq uchun mashinaning 7 o‘rindiqli versiyasini buyurtirish mumkin. 2019 yilda Yevropada gibrid CR-V paydo bo‘ladi. 

Nazvaniye
Nazvaniye

 

Ko‘proq yangiliklar: