AQSh prezidenti Donald Tramp bir yil prezidentligi davomida 400 mln dollar yo‘qotdi. Bu haqda Forbes yozmoqda.
Tramp nashrning 2018 yilgi eng boy odamlar reytingida 766-o‘rinni egalladi va uning boyligi 3,1 mlrd dollarga baholangan.
Nashr Tramp boyligining kamayishi sababini bozordagi vaziyatda ko‘rmoqda, biroq Tramp shaxsining beqarorligi ham o‘z rolini o‘ynagan.
Tramp boyligi kamayishiga Nyu-York markazidagi “Tramp-tauer” qiymatining 41 mln dollarga arzonlashi olib kelgan. Trampning yana bir ko‘chmas mulki ijaraga talab kamaygani sabab jabr ko‘rgan.