Jahon | 23:29 / 06.03.2018
2951
1 daqiqa o‘qiladi

Papua-Yangi Gvineyada 6,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Papua-Yangi Gvineyaning markaziy qismida 6,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi.

Seysmologlar ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Tari shahridan 57,5 km janubda, o‘chog‘i 33 km chuqurlikda bo‘lgan.

O‘tgan haftada ham mamlakatda 7,5 magnitudali zilzila yuz bergandi. O‘shanda tabiiy ofat oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid