Focus2move tahliliy agentligi mutaxassislari 2017 yil natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli avtomobilsozlik korxonalari reytingini tuzishdi.
Reytingda eng yuqori pog‘onani Volkswagen Group konserni egalladi. O‘tgan yil davomida kompaniya 10,4 mln ta mashina sotgan, bu esa 2016 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 3,5 foiz ko‘proq bo‘lgan.
2-o‘rinni Yaponiyaning Toyota Motor korporatsiyasi egallagan, u 2017 yilda 10,2 mln ta mashina sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Yetakchi uchlikdan 10 mlntadan sal ko‘proq mashina sota olgan Renault-Nissan alyansi egallagan.
Eng muvaffaqiyatli avtomobilsozlik kompaniyalari beshtaligiga Hyundai-Kia (7,2 mlnta mashina) va General Motors (6,8 mlnta mashina) ham kirgan.