Asymco tahliliy kompaniyasi ekspertlari ma'lum qilishdiki, Apple qurilmalaridan foydalanish muddati 4 yilni tashkil qiladi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
Analitiklarning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda iPhone va Mac qurilmalaridan ko‘proq vaqt foydalanilmoqda, taqqoslash uchun 2008 yilda bunday qurilmalar «umri» bir yarim yildan oshmas edi.
Bu hisob-kitoblar Apple tomonidan taqdim etilgan ochiq ma'lumotlarga asoslanadi. Korporatsiya ayni vaqtda 2,05 mlrd dona smartfonlar va kompyuterlar sotgan, 750 mln qurilmaning esa foydalanish muddati o‘tgan
Fevral oyi oxirida Bloomberg Apple 2018 yil kuzida 3ta yangi iPhone taqdim etmoqchi ekani haqida xabar bergandi
smartfonlar yangilangan operatsion tizim, ehtimol Siri yordamchisining kengaytirilgan funksiyalariga ega iOS 12 bilan jihozlanishi mumkin.
Kompaniya shu tariqa ayfondan ko‘p vazifalikni istovchi va iPhone X’ning arzonroq versiyasini qidiruvchi xaridorlar istagini qondirmoqchi.
D33 deb atalayotgan katta ekranli smartfon butun old panelni egallovchi 6,5 dyuymli ekran oladi. Ekran «ajralgan ekran» funksiyasi bilan ta'minlanishi ehtimoli bor. Bundan tashqari, iPhone X’dagi kabi, bu smartfonda Face ID texnologiyasi qo‘llanadi. Qurilma, shuningdek, 1242x2688 pikselli ekran, OLED texnologiyasi olishi mumkin. Cmartfonlarda yangi A12 protsessori qo‘llanadi.
Katta ekranli smartfonni ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi variantda ishlab chiqarish imkoni ko‘rilmoqda, biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Hamyonbop smartfonda Edge-to-Edge ekrani bo‘ladi. Uni arzonlashtirish uchun LCD-ekran, alyumin hoshiyalar va orqa panelida qora oyna o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda.