Amerikaning eng yirik riteylerlaridan biri hisoblangan Amazon Google tarkibiga kiruvchi Nest kompaniyasining yangi mahsulotlarini sotmasligini ma'lum qildi. Business Insider (BI) shu haqida xabar berdi. Uy uchun "aqlli" qurilmalar ishlab chiqaruvchisi ham bunga javoban hamkorlikdan voz kechdi - Amazon omborlarida Nest qurilmalari tugashi bilan mavjud modellar sotuvdan olinadi.
Qaror Amazon rahbariyati tomonidan qabul qilingan va riteyler xaridorlari tomonidan yuqori baholanuvchi Nest mahsulotlari sifati bilan bog‘liq emas, dedi muzokaralar tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan BI. Nest xodimlari tashabbus to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amazon rahbari Jyeff Bezosga tegishli, degan qarorga kelishdi, qo‘shimcha qiladi u.
Nest va Amazon bunga izoh berishdan bosh tortdi. BI'da aniqlik kiritilishicha, Amazon'da "aqlli" uylar uchun tovarlar erkin sotilmoqda, Nest bilan bog‘liq qaror esa riteylerning ushbu bozorda Google'ga qarshi kurashini kuchaytirish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Amazon va Google "urush"i
Google Nest kompaniyasini 2012 yilda sotib olgan - ushbu kompaniya smartfon yoki Google Assistant yordamida boshqarilishi mumkin bo‘lgan "aqlli" kameralar, termostatlar, tutun datchiklari va xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqaradi. Fevral oyi oxirida Amazon 1 milliard dollarga eshik videoqo‘ng‘iroqlari va boshqa xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqaruvchi Ring kompaniyasini xarid qildi.
Bundan tashqari, kompaniyalar yordamchilar bozorida ham raqobatlashishadi - 2017 yilning ikkinchi yarmida Amazon Echo "aqlli" kolonkalar bozorining yarmidan ko‘pini sotib olgan.
Amazon shuningdek Google'ning Google Home "aqlli" kolonkalari va Pixel smartfonlari kabi boshqa qurilmalarini ham sotmayapti, biroq boshqa kompaniyalarga Chromecast nusxalarini sotishga izn bermoqda. Google bir vaqtning o‘zida Amazon'ga nisbatan sanksiyalarini joriy qildi - u Amazon Fire TV va Echo Show'ning YouTube ilovasini o‘chirib qo‘ydi. Bu rasman riteyler tomonidan servisdan foydalanish qoidalarining buzilishi bilan bog‘landi.