«Uzbek Tigers» ishtirokidagi janglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilmaydi

Foto: KUN.UZ
WSB tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmaydi. Bu haqda KUN.UZ‘ga telekanal vakillari ma'lum qilishdi.
Gap shundaki, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining dastlabki tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Oldinroq telekanal ushbu uchrashuvlarning barchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatishi haqida xabar bergandi.
Bugun soat 18:00da telekanal orqali Superliganing 1-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» - «Lokomotiv» o‘yini, 20:00da esa «Neftchi» - «Nasaf» uchrashuvi jonli efirda namoyish etiladi.
«Uzbek Tigers»ning «Colombia Heroicos»ga qarshi janglari esa soat 22:00dan boshlab yozib olingan holatda namoyish etiladi.
Mavzuga oid

15:43 / 08.12.2022
Tadqiqot: Rossiyaliklar televideniyedagi propagandadan charchadi

16:35 / 27.05.2022
Qirg‘iziston va Turkmanistonda Rossiyaning qator telekanallari efiri vaqtincha to‘xtatildi

21:01 / 23.04.2022
Hindistonda telekanallar Ukrainadagi vaziyatni yoritishda yolg‘on ma’lumotlar bermaslik haqida ogohlantirildi

17:02 / 28.03.2022