Toshkentdagi International mehmonxonasida tantanali ochilish marosimidan so‘ng, ADWEEK Marketing konferensiyasi va Marketing hamda reklama ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
ADWEEK Marketing konferensiyasi ikki kun mobaynida (28 fevral - 1 mart) bo‘lib o‘tmoqda. U taqdimotlar, usta darslar shaklida o‘tkazilyapti. Haftalik tashkilotchilari tomonidan O‘zbekistondagi marketing va reklama sohasidagi dolzarb masalalar, muammolar, vazifalar va tendensiyalarni muhokama qilish uchun professional maydoncha yaratildi.
Marketing va reklama ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad – mahalliy marketing bozori asosiy qatnashchilarining yutuqlarini namoyish etish hamda raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirish. Bunda quyidagi yo‘nalishlar bor: reklama agentliklari, dizayn studiyalari, veb-studiyalar, poligrafiya kompaniyalari, mediya agentliklari, marketing agentliklari, videomahsulotlar, suvenirlar va boshqalarni ishlab chiqaruvchilar. Ko‘rgazma uch kun davom etadi (28 fevral - 2 mart) va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.