Hyundai kompaniyasi yangi Kona Electric elektrokrossoverini taqdim qildi. Uning bazaviy komplektatsiyasidagi quvvat 300 km yo‘lga yetadi, 0 dan 100 km/soat tezlikka 9,3 soniyada erishadi, maksimal tezligi 167 km/soatni tashkil qiladi. Agar bu raqamlar avtohavaskorlarni taajjubdan qoshlarining ko‘tarilishiga majbur qilolmasa, unda mashinaning Long Range versiyasi haqiqatan ajablantiradi: uning yurish zaxirasi 470 kmni tashkil qiladi, 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,6 soniyada erishadi. Bu deyarli qo‘shimcha o‘rindiqlarsiz va yuqoriga ochiluvchi eshiklarsiz Tesla Model X modeli deganidir.
Kona’ning bazaviy versiyasida quvvati 39,2 kVt-soatni, Long Range’da esa 64 kVt-soatni tashkil qiluvchi batareya o‘rnatilgan. Tez quvvatlagichda akkumulyatorlar 54 daqiqada 80 foizga quvvatlanadi.
Mashina saloni diagonali 18 sm keladigan, Android Auto va Apple CarPlay o‘rnatilgan hamda proyeksiyalovchi displeyga ega tachskrin bilan jihozlangan. Mashinaning xavfsizligi uchun adaptiv kruiz-kontrol, “ko‘rinmas hududlar”ni aniqlash tizimi va avtomatik tormozlash funksiyasi javob beradi. Yevropa bozoriga mashina 2018 yil ikkinchi yarmida chiqadi. Yangi krossover necha pul turishi hozircha noma'lum.