Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» rahbariyati Ahmadaliyev va O‘FAning bergan jazoga izoh berdi

Foto: Sohib Egamov/KUN.UZ
Toshkentning «Bunyodkor» klubi bosh direktori Murod Aliyev jamoasi futbolchisi, O‘FA tomonidan butun umrga futboldan chetlatilgan Dilshod Ahmadaliyev va O‘FAning qo‘shimcha 500 million so‘mlik jarimasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Butun umrga chetlatilgan Dilshod Ahmadaliyev qanday maqsadlarni ko‘zlab Dubaydagi yig‘inga olib ketilgandi?
— Halollik nafaqat hayotda, balki sportda ham bo‘lishi kerak. O‘FA yoshini kichraytirgan futbolchilarga qarshi kurashayotganini to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Futbolni tozalashdan maqsad nima? Bu birinchi navbatda o‘zbek futbolini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlod halol yo‘l bilan futbolchi bo‘lib yetishib chiqishini ta'minlashdan iborat. Bu qarorning to‘g‘ri ekaniga e'tirozimiz yo‘q. Lekin ikkinchi tomondan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko‘p joylarda afv qilish haqida gapiryaptilar. Hattoki, nohaq yoki adashib jinoyat yo‘liga kirib qamalganlar, ammo xatosini tan olib, haqiqatan ham afsusda ekanini kechirish kerakligini aytmoqda. Biz ham Ahmadaliyevni O‘FA kechirishlari mumkin degan maqsadda, shunga umid qilgan holda Dubaydagi yig‘inga olib ketgandik. Sportchi bir kun yoki ikki kun davomida mashg‘ulot qilmay qo‘ysa ham formasini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Biz unga belgilangan jazo yengillashtirilishiga umid qilgan holda, sport formasini yo‘qotib qo‘ymasligini istagandik.
Ahmadaliyev «Bunyodkor»ning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan. U kelajakda terma jamoaga ham yordami tegishi mumkin edi. Biz uning afv qilinishidan umidvor edik. 23 yoshli bola butun hayotini futbolga bag‘ishlagan. Shu yerda noni topib yuribdi. Butun umrga diskvalifikatsiya uningi keyingi hayotiga katta ta'sir qilishi shubhasiz. Umid qilamanki, Ahmadjonov va Omon G‘ofurov bu masalani ko‘rib chiqishadi va hech bo‘lmaganda jazoni yengillashtirishadi.
— Lekin O‘FA jamoani jarimaga tortganida keltirilgan asoslari kulgili-da ochig‘i. Futbolchi tashkilot tasarrufidagi birorta o‘yinda, yoki rasmiy o‘yinda o‘ynamagan. Xuddi mashg‘ulotga teng o‘yinda qatnashgan. Shu bo‘yicha ham klub qandaydir shikoyat yoki apellyatsiya bermadimi?
— Bu qaror chiqqan vaqtda men klub bilan Dubayda edim. Shuning uchun ham ijroqo‘m yig‘ilishida ishtirok eta olmadim. Boya aytganimdek, tashkilot qarorini to‘g‘ri qabul qilaman. Lekin hali ham umidni so‘ndirganimiz yo‘q. O‘FAga murojaat qilganmiz. Xudo xohlasa Ahmadaliyevning jazosi hech bo‘lmaganda yengillashtirilib, berilishidan umidvormiz», deya gapirib o‘tdi Aliyev KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi
Jahon | 09:07
-
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:55
-
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti
Jahon | 08:15
-
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi
Iqtisodiyot | 08:00
Mavzuga oid

08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi

18:25 / 24.02.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazmoqchi

08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

13:11 / 02.04.2024