Porsche o‘z tarixidagi eng yengil sportkarlarni tanlab oldi (video)

Fan-texnika 22:40 / 28.02.2018 7603

Porsche kompaniyasi o‘z tarixidagi eng yengil 5 ta sportkarni tanlab oldi. Videorolik uchun mashinalar Avstriyaning baland tog‘lar orasida joylashgan Grosglokner dovonida suratga olindi.  

Jamlanmaning 5-o‘rnidan Sport modifikatsiyasidagi 2.7 Carrera RS kupesi joy oldi. 1973 yilda ishlab chiqarilgan va 210 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan avtomobil 975 kilogramm yuk bosadi. Kupedan og‘irligini kamaytirish uchun orqa o‘rindiqlar, soatlar, eshik tutqichlari va hattoki kuldon olib tashlangan, old o‘rindiqlar esa Recaro sport o‘rindiqlariga almashtirilgan.

4-o‘rinni 1966 yilda ishlab chiqarilgan namunadagi Porsche 906 Carrera 6 egalladi. Bu model konstruksiyasida shishatoladan foydalanilgan. Mashinaning og‘irli 675 kgni tashkil qiladi. U ZDF nemis kanali tomondan Xokkenxaymringdagi poygalarni suratga olishda qo‘llangan.

3-o‘rinni markaning “Le-Man” poygasidagi ilk g‘olibi 356 SL egalladi. 1951 yilda ishlab chiqarilgan, alyuminiydan ishlangan va 75 ot kuchiga ega dvigatelli kupe 640 kg keladi. 

2-o‘rinni 1959 yilda ishlab chiqarilgan Porsche 718 Formel 2 egallagan. 150 ot kuchiga ega poyga avtomobilining og‘irligi 456 kg keladi.

Markaning eng yengil avtomobili esa alyuminiy rama va plastikdan ishlangan kuzov panellarida qurilgan 909 Bergspyder poyga mashinasi bo‘ldi. Avtomobil 275 ot kuchiga ega 8 silindrli motor va berilliydan ishlangan tormoz disklari bilan jihozlangan. Tepaliklarga ko‘tarilish bo‘yicha poygalar uchun yaratilgan mashinaning og‘irligi bor-yo‘g‘i 384 kg keladi.

Ko‘proq yangiliklar: