Nokia brendi ostida qurilmalar ishlab chiqaruvchi HMD Global Barselonadagi Mobile World Congress tadbirida Nokia 8110 modeli qayta sotuvga chiqarilishini ma'lum qildi. Bu haqda Quartz xabar bermoqda.
Egilgan korpus va old panelida himoyalovchi qopqog‘i bo‘lgan telefon 1996 yilda ishlab chiqarilgan. Qurilma shakli sababli “banan” deb nom ham olgan va “Matritsa” filmida ko‘rsatilgandan keyin ommalashib ketgan.
Telefonning yangilangan versiyasi qora va sariq rangda taqdim qilinadi. Telefon 4G-tarmog‘i va Wi-Fi’ga ulana oladi va unda bir nechta ommaviy dasturlarda ishlash mumkin bo‘ladi. Qurilmaning narxi 79 yevroni tashkil qiladi.